SAMARQAND SHAHRIDA YOSHLAR MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Samarqand shahridagi Yoshlar markazida shahar hokimi Fazliddin Umarov va bir guruh masʼullar ishtirokida yoshlar sohasida amalga oshirilgan ishlar va 2025-yildagi ustuvor vazifalar yuzasidan ishchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat hokimi o‘rinbosari Xusan To‘xtayev ishtirok etib, “og‘ir toifa”ga kiritilgan yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash va turmush sharoitini yaxshilash maqsadida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar haqida ma’lumot berdi.
Shaharda yoshlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar doirasini yanada kengaytirishga qaratilgan vazifalar muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida 2025-yilda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olinib, mutasaddilarga aniq vazifalar berildi.
Yangiliklar
29-Iyul, 2025-yil
29-Iyul, 2025-yil
28-Iyul, 2025-yil