SAMARQAND SHAHRIDA YANA BIR ZAMONAVIY MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI ISHGA TUSHADI

Besh yoshgacha bo‘lgan davr inson hayotida eng muhim va tez rivojlanish bosqichi ekani barchamizga ma’lum. Shu bois mamlakatimizda bolajonlarning erta yoshdan munosib ta’lim-tarbiya olishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
Bugun Samarqand shahrining Shodiyona mahallasida tadbirkor A.Muzaffarov tomonidan barcha zamonaviy talablarga javob beradigan 240 o‘rinli "Brainy Kingdom Kids" nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.
Bu maskanda hududdagi 3-7 yoshli 240 nafar bola qamrab olinib, ular uchun jahon andozalariga mos shart-sharoitlar yaratildi.
Marosimda mahalla faollari, nuroniylar hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar ushbu ta’lim muassasasi bolalar tarbiyasi va ma’naviy kamoloti uchun muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlashdi.
Yangiliklar
5-Sentabr, 2025-yil
4-Sentabr, 2025-yil