SAMARQAND SHAHRIDA XOTIN-QIZLARGA NISBATAN TAZYIQ VA ZO‘RAVONLIKNI OLDINI OLISHGA QARATILGAN SEMINAR-TRENING BO‘LIB O‘TDI
“Samarqand viloyatida xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olish, ayollar tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahalladagi “Beshlik” o‘rtasida uzviy hamkorlik mexanizmini yo‘lga qo‘yish choralari" to‘g‘risida seminar-trening o‘tkazildi.
Mazkur treningda Samarqand shahridagi mahallalarda faoliyat yurituvchi xotin-qizlar faollari hamda Ichki ishlar xodimlari ishtirok etishdi.
Seminar davomida Samarqand shahar hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar shahar bo‘limi rahbari Zebo Saidova shaharda xotin-qizlarning o‘z huquqlarini o‘rganishlari uchun amalga oshirilgan ishlar xususida ma’lumot berdi.
30-May, 2023-yil 16:23 |