SAMARQAND SHAHRIDA «XAVFSIZ HUDUD» TAMOYILI ASOSIDA ISHLAR OLIB BORILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand shahrida xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda.
Shu doirada shahar hokimi Fazliddin Umarov hamda shahar ichki ishlar bo‘limi rahbariyati «Xavfsiz hudud» va «Xavfsiz ko‘cha» tamoyillari asosida Bahor va Beshchinor mahallalarida bo‘ldi. Tegishli mutasaddilar ishtirokida hududni obodonlashtirish, jamoat tartibini ta’minlash va fuqarolar uchun xavfsiz muhit yaratish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, mavjud muammolarni hal etish va belgilangan ishlar ijrosini ta’minlash yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
15-Mart, 2025-yil 8:43 |