Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

SAMARQAND SHAHRIDA UNESCONING 80 YILLIGI MUNOSABATI BILAN “YASHIL BOG‘” BARPO ETILMOQDA

Samarqand shahrida UNESCOning 80 yilligi munosabati bilan “Yashil bog‘” barpo etilmoqda

Bugun Samarqand shahridagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘i hududida UNESCOning 80 yilligiga bag‘ishlab ekologik ahamiyatga ega yangi bog‘ barpo etish ishlari olib borildi. 

Tadbirda Ekologiya vazirligi, Samarqand viloyat va shahar hokimligi mas’ullari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Unda 2000 tupdan ortiq turli manzarali daraxt va butalar — qayrag‘och, yapon saforosi, chinor, lola daraxti, akatsiya, tol va boshqalar ekildi.

Bu bog‘ xalqimizga nafaqat ko‘kalamzor maskan, balki ekologik toza hudud sifatida xizmat qiladi. U yerda daraxtlarni sog‘lom tarbiyalash maqsadida suvni tejaydigan tomchilatib sug‘orish tizimi tashkil etiladi.

Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati

 
 
31-Oktabr, 2025-yil 15:02 |