Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

SAMARQAND SHAHRIDA TARG‘IBOT TADBIRI

Samarqand shahrida targ‘ibot tadbiri

Samarqand shahrida joylashgan “Saxari” MCHJ korxonasida jamoa bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda Diniy ishlar bo‘yicha qo‘mitaning Samarqand viloyatidagi hududiy boshqarmasi boshlig‘i S.Baymuradov va viloyat IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari ishtirok etdi. Unda “Fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi”, shuningdek, "O‘zbekiston Respublikasida diniy sohadagi davlat siyosati: maqsad, vazifa va prinsiplar" mavzularida atroflicha fikr almashildi.

Suhbat jarayonida ishchi-xodimlarga mamlakatimizdagi diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik, yoshlarni turli salbiy ta’sirlardan asrash, ekstremizm va radikalizmning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida tushuntirishlar berildi.

 
 
9-Iyul, 2025-yil 14:17 |