Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

SAMARQAND SHAHRIDA SO‘NGGI YILLARDA MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH BORASIDA KENG KO‘LAMLI ISLOHOTLAR OLIB BORILMOQDA. USHBU JARAYONDA SHAHAR HOKIMI FAZLIDDIN KARIMOVICHNING TASHABBUSLARI, FIDOYILIGI VA TA’LIM SOHASIGA BO‘LGAN YUKSAK E’TIBORI ALOHIDA TA’KIDLASHGA ARZIYDI.

Samarqand shahrida so‘nggi yillarda maktabgacha va maktab ta’lim tizimini rivojlantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. Ushbu jarayonda shahar hokimi Fazliddin Karimovichning tashabbuslari, fidoyiligi va ta’lim sohasiga bo‘lgan yuksak e’tibori alohida ta’kidlashga arziydi.

 

Samarqand shahrida Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir doirasida Samarqand shahar hokimi Fazliddin Karimovich Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Ta’lim homiysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Bu e’tirof shahar hokimining ta’lim sohasini rivojlantirish, maktabgacha va maktab ta’lim tizimini takomillashtirish, ustoz va murabbiylarga yaratilayotgan imkoniyatlar yo‘lida olib borayotgan fidokorona mehnatlariga berilgan yuksak bahodir.

Ushbu mukofot nafaqat Fazliddin Karimovichning, balki Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limining sa’y-harakatlari va intilishlarining munosib e’tirofi bo‘ldi.


Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i M.Xamdamov

 
 
1-Oktabr, 2025-yil 16:19 |