SAMARQAND SHAHRIDA "SNOS" GA TUSHGAN TURAR JOY MULKDORLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-maydagi “Samarqand shahrida 2019-2022-yillarda amalga oshiriladigan ulkan bunyodkorlik ishlari to‘g‘risida”gi 415-sonli qaroriga asosan, Samarqand shahrining Gagarin ko‘chasini qayta qurish, muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari holatini yaxshilash rekonstruksiya qilish, tunnel va yo‘l o‘tkazgichlar qurish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha aniq vazifa va topshiriqlar belgilab qo‘yilgan.
Shunga ko‘ra, M-37 avtomobil yo‘lidan Temiryo‘l orti hududi va Gagarin ko‘chasi bo‘ylab Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti orqali Gulobod ko‘chasiga chiquvchi yo‘lning Samarqand tumani chegarasigaacha bo‘lgan hududida hamda Amir Temur ko‘chasida joylashgan jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli turar va noturar-joy obyektlarini belgilangan tartibda ko‘chirish (buzish) va yer maydonini davlat zaxirasiga olish, hududda tozalash obodonlashtirish ishlarini olib borish belgilangan.
Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining 2023-yil 22-maydagi “Jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasini olib qo‘yish bo‘yicha taqdimot materiallarini ko‘rib chiqish va mulkdorlar bilan ochiq muhokama o‘tkazish to‘g‘risida”gi
VI-86-52-7-0-K/23-sonli qarori qabul qilinib ilovaga muvofiq, mulkdorlarga tegishli, turar va noturar-joylarning ro‘yxati tasdiqlangan.
Yuqoridagilarga asoslanib ko‘chirilishi ko‘zda tutilgan ko‘chmas mulk obyektlari O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi tartib tamoyillari to‘g‘risida”gi O‘RQ-781-son Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-noyabrdagi 911-sonli nizomiga muvofiq amalga oshirilishi mulkdorlarga tushuntirildi va ko‘chirilishi rejalashtirilgan turar va noturar-joy mulkdorlari bilan ochiq muhokama o‘tkazildi.
Yangiliklar
21-Noyabr, 2024-yil
20-Noyabr, 2024-yil
20-Noyabr, 2024-yil
20-Noyabr, 2024-yil
19-Noyabr, 2024-yil