Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

SAMARQAND SHAHRIDA PROBATSIYA RO‘YXATIDA TURGAN YOSHLAR BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI.

Samarqand shahrida probatsiya ro‘yxatida turgan yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuv Samarqand shahar hokimi o‘rinbosari F.Nishonov boshchiligida Ichki ishlar boshqarmasining Jamoat xavfsizligi xizmati tomonidan probatsiya nazoratida bo‘lgan yoshlar bilan tashkil etildi.

Tadbirda yoshlarga huquqiy bilimlar berildi va ularning hayotdagi muammolari tinglanib, sog‘lom, to‘g‘ri yo‘l tanlashlari bo‘yicha zarur maslahatlar berildi.

Shuningdek, "Ishga marhamat" loyihasi doirasida mehnat yarmarkasi ham tashkil etilib, 6 nafar ishsiz yoshning bandligi ta’minlandi.

Tadbirning asosiy maqsadi – yoshlarni jinoyatchilikdan asrash, ularni jamiyat hayotiga moslashtirish va ijobiy turmush tarziga yo‘naltirishdan iborat.

 
 
3-Iyun, 2025-yil 17:03 |