SAMARQAND SHAHRIDA “O‘ZBEKISTON–2030” STRATEGIYASI MAZMUN-MOHIYATI MUHOKAMA ETILDI
Samarqand shahridagi Yoshlar markazida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston–2030” strategiyasi mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi hamda viloyat hokimligi vakillari, ziyolilar, mahalla mas'ullari va yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda “O‘zbekiston–2030” strategiyasi har bir sohada aniq natijaga qaratilgan amaliy dastur ekani, uni amalga oshirishda jamiyatning barcha qatlamlari, ayniqsa yoshlarning faolligi muhim ekani ta’kidlandi.
Shuningdek, aholi o'rtasida milliy o‘zlik, ma’naviy immunitet va harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Xuddi shu mazmundagi tadbirlar Samarqand shahridagi barcha mahallalarda o'tkazilishi ko'zda tutilgan.
Yangiliklar
21-Yanvar, 2026-yil
19-Yanvar, 2026-yil