Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

SAMARQAND SHAHRIDA O‘ZBEKISTON - XITOY IKKINCHI HUDUDLARARO FORUMI BO‘LIB O‘TMOQDA

Samarqand shahrida O‘zbekiston - Xitoy ikkinchi hududlararo forumi bo‘lib o‘tmoqda

Unda ikki tomon hukumat a’zolari, vazirlar, hududlar rahbarlari va tadbirkorlar ishtirok etmoqda.

Forumning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev, Xitoy Xalq Siyosiy maslahat Kengashining 14-chaqiriq yig‘ilishi raisining o‘rinbosari, SHHTning qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik bo‘yicha Xitoy qo‘mitasi raisi Shen Yueyue xonim, viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev so‘zga chiqib, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlik aloqalari rivojlanib borayotganini ta’kidladi.

Forum doirasida hududlararo mahalliy savdo va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, birodarlik va sherikchilik munosabatlarini o‘rnatish yuzasidan imzolangan bitimlar, kelishuv bayonnomalari, anglashuv memorandumi kabi hujjatlar almashildi.
 

 
 
2-Iyun, 2025-yil 12:49 |