Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

SAMARQAND SHAHRIDA O‘TGAN BU GALGI SEMINAR FUQAROLAR YIG‘INI RAISI SAYLOVI BO‘YICHA BO‘LDI

Samarqand shahrida o‘tgan bu galgi seminar fuqarolar yig‘ini raisi saylovi bo‘yicha bo‘ldi

Samarqand shahridagi Yoshlar markazida mahalladagi fuqarolar yig‘ini raisi saylovini yuqori saviyada tashkil etishga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi raisi maslahatchisi S.Qurbonqulov hamda uyushmaning viloyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari N.Mavlonov va adliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Sh.Abduhalimov ishtirok etdi.

Seminarda ishchi guruh rahbarlari hamda a’zolariga saylov jarayoni bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi. Shuningdek, saylovning oshkora, shaffof va qonun doirasida o‘tishi uchun amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas’ullardan atroflicha javob olishdi.

 
 
26-Aprel, 2025-yil 12:12 |