Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

SAMARQAND SHAHRIDA OLDINDAN TO‘LOV EVAZIGA AVTOMASHINA YETKAZIB BERISHNI VA’DA QILGAN FIRIBGARLAR ANIQLANDI

Samarqand shahrida oldindan to‘lov evaziga avtomashina yetkazib berishni va’da qilgan firibgarlar aniqlandi

 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.A” va “A.A” MCHJ rahbarlari avtolizing faoliyatini yo‘lga qo‘yib, 10 nafar fuqaroga lizing krediti asosida 60oy muddatga avtomashinalarni yetkazib berishni va’da qilib, avtomashinalarni yetkazib bermasdan ularning jami 547,6mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Samarqand shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan fuqarolar B.Gʻ va U.S.joriy yilning mart oyida “A.H” MCHJni tashkil etib, internet saytlari orqali “UzAutoMotors” kompaniyasida ishlab chiqarilgan yangi avtomashinalarni oldindan to‘lov evaziga 5-10 kun muddat ichida yetkazib berishlari haqida e’lonlar berib, 4 nafar fuqaroning jami 380,6mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

 
 
12-Iyul, 2024-yil 17:12 |