SAMARQAND SHAHRIDA OG‘IR TOIFADA TURUVCHI ISHSIZ YOSHLAR BILAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR TANQIDIY MUHOKAMA QILINDI
Xususan, bugungi kunda Samarqand shahrida 439 nafar ishsiz yoshlar ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularning bandligini ta’minlash, jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish maqsadida 24 nafar mas’ul rahbar biriktirilgan.
Yoshlar kuni doirasida o‘tkazilgan yig‘ilishda mazkur yoshlar bilan ishlash holati atroflicha ko‘rib chiqilib, tashkilot rahbarlarining bu boradagi mas’uliyati tanqidiy muhokama qilindi. Shuningdek, ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda aniq ish o‘rinlari bilan ta’minlash yuzasidan kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
5-Mart, 2026-yil 21:11 |
Yangiliklar
Infografikai
4-Mart, 2026-yil
Startup’S Day – Har Chorshanba Kuni!i
3-Mart, 2026-yil
Diqqat!i
2-Mart, 2026-yil