Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

SAMARQAND SHAHRIDA MARKAZIY HARBIY OKRUG BITIRUVCHILARI UCHUN TADBIR O‘TKAZILDI

Samarqand shahrida Markaziy harbiy okrug bitiruvchilari uchun tadbir o‘tkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazida navbatdagi tantanali bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi, Samarqand viloyati “Nuroniylar”, “Yozuvchilar uyushmasi”, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati Kengashi hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar harbiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida gapirar ekan, markazda serjantlarni, ya’ni kichik komandirlarni tayyorlashda zamon talablariga javob beradigan samarali tizimni yaratilgani, ular o‘z malakasiyu mahorati bilan Qurolli Kuchlar saflaridan munosib o‘rin egallayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Tadbirda Mudofaa vazirligi qo‘shinlari xizmat qilayotgan 67 dan ortiq harbiy xizmatchilar hamda IIV xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha qo‘shinlarining 14 nafari va Davlat xavfsizligi chegara qo‘shinlaridan 15 nafari kichik komandirlar bo‘g‘inidagi shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi kichik serjantlar tarkibiga navbatdagi III darajali serjant unvonlari, sertifikatlar va ko‘krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.

Bitiruv marosimi Samarqand garnizoni Ma'naviyat va marifat markazi harbiy orkestori jamoasining Vatanni madh etuvchi kuy qo‘shiqlari bilan chinakkam yakunlandi.

 
 
27-Fevral, 2023-yil 9:55 |