Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

SAMARQAND SHAHRIDA KOREYA RESPUBLIKASI BILAN MADANIY HAMKORLIK MUSTAHKAMLANMOQDA

Samarqand shahrida Koreya Respublikasi bilan madaniy hamkorlik mustahkamlanmoqda

Joriy yilning 18–23 mart kunlari Koreya Respublikasining Kvandju metropoliten shahri hamda Osiyo Milliy madaniy almashinuv “Art Bridge 27” tashkiloti vakillarining Samarqand shahriga tashrifi amalga oshirildi.

Tashrif davomida delegatsiya a’zolari Samarqand shahar hokimi o‘rinbosari Farhod Nishonov tomonidan qabul qilindi. Uchrashuvda ikki shahar o‘rtasida do‘stona aloqalarni yanada rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida madaniy va ta’limiy almashinuvni kengaytirish, shuningdek talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Ma’lumki, avvalroq Samarqand va Kvandju shaharlari o‘rtasida do‘stona hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv imzolangan bo‘lib, joriy yil 25-fevral kuni esa “Kvandju–Samarqand ODASIS 2026” hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur hujjat uzoq muddatli madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Shuningdek, delegatsiya vakillari Samarqand davlat universiteti hamda Ipak yo‘li xalqaro turizm va madaniy meros universitetiga tashrif buyurib, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, media san’at yo‘nalishida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.

 
 
25-Mart, 2026-yil 9:25 |