⚡️SAMARQAND SHAHRIDA KO‘P KVARTIRALI UY-JOY FONDINI SAQLASH TALABLARI BUZILISHI ANIQLANDI
Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi tomonidan shaharsozlik va qurilish sohasida belgilangan me’yoriy talablar ijrosini ta’minlash, ko‘p kvartirali uy-joy fondini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan nazorat tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.
Navbatdagi nazorat tadbirlari davomida Samarqand shahri Taraqqiyot ko‘chasi 11-sonli ko‘p kvartirali turar joy binosida qator qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Jumladan, ushbu binoning 27-xonadonida loyiha hujjatlariga zid ravishda tayanch konstruksiya o‘zboshimchalik bilan buzilgani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, uyning 2-kirish yo‘lagi 4-qavatida umumiy foydalanishdagi hududni noqonuniy egallagan holda suv saqlovchi maxsus qurilma o‘rnatilgani aniqlandi.
Ta’kidlash joizki, ko‘p kvartirali uy-joylarda tayanch va to‘suvchi konstruksiyalarni o‘zboshimchalik bilan buzish, shuningdek, umumiy foydalanishdagi joylarni noqonuniy egallash amaldagi qurilish me’yorlari va qoidalariga mutlaqo zid hisoblanadi. Bu kabi holatlar binoning seysmik mustahkamligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, aholining hayoti va mol-mulki uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.
Aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalari asosida ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi hamda fuqoroga buzilgan konstruksiyalarni o‘z ixtiyori bilan 15 kun muddatda avvalgi holatiga qaytarish bo‘yicha majburiy ko‘rsatmalar (https://t.me/samgasn) berildi.
Belgilangan muddatda majburiy ko‘rsatma talablari bajarilmagan taqdirda, to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun sud organlariga taqdim etiladi.
Yangiliklar
29-Yanvar, 2026-yil
28-Yanvar, 2026-yil