SAMARQAND SHAHRIDA IKKINCHI UMUMMILLIY “AI HACKATHON”NING MINTAQAVIY BOSQICHINING OCHILISH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI.
Tadbirda 400 dan ortiq yosh mutaxassis ro‘yxatdan o‘tdi. Uch kun davomida mamlakatning yetakchi AT-kompaniyalari murabbiylari rahbarligida jamoalarda: tibbiyot, ta’lim, kiberxavfsizlik, tadbirkorlik va taqiqlangan moddalar aylanishiga qarshi kurash kabi sohalarda sun’iy intellektga asoslangan innovatsion loyihalar ishlab chiqadilar. (https://digital.uz/oz/news/view/121549)
🏆 Eng muvaffaqiyatli ishtirokchilar o‘z ishlanmalarini yanada rivojlantirish va startaplarga sarmoya jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
🎤 Ochilish marosimida Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov va boshqa mehmonlar yoshlarga muvaffaqiyat tilab, O‘zbekistonning sun’iy intellekt sohasidagi yetakchi mavqeini ta’kidladilar.
🤩Hakaton Raqamli texnologiyalar vazirligi, bir qator davlat idoralari, IT Park Uzbekistan, Uzum va xalqaro hamkorlar qo‘llab-quvvatlovida o‘tkazilmoqda.
❕Final — 2026-yil dekabrida Toshkentda bo'lib o'tadi!
Yangiliklar
21-Yanvar, 2026-yil
19-Yanvar, 2026-yil