Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

SAMARQAND SHAHRIDA IKKI KUN BAYRAM BO‘LADI

Samarqand shahrida ikki kun bayram bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi bayram tantanalari Samarqand shahrining Qorasuv massividagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘i va “Mo‘’jiza” amfiteatrida bo‘lib o‘tadi.

31-avgust kuni erta tongdan “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida yoshlar sayli, maktab, oziq-ovqat, hunarmandchilik mahsulotlari yarmarkalari hamda sport o‘yinlari va qator musobaqalar tashkil etiladi.

Kechki soat 19:30 da bayram tantanasining musiqali qismi boshlanadi. Ya’ni “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida o‘rnatilgan katta sahnada folklor ansambllari, bolalar va taniqli san’atkorlar turli musiqali chiqishlari bilan yig‘ilganlarga xush kayfiyat bag‘ishlaydi.

Shuningdek, bayram yakunida salyut otilishi ko‘zda tutilgan.

1 sentyabr kuni esa Alisher Navoiy nomi bilan ataluvchi ko‘cha va bog‘da ham turli xil ko‘rgazma va soat 19:30 da Samarqand shahri aholisi va mehmonlari uchun “Mo‘’jiza” amfiteatrida bayram tantanalari o‘tkaziladi.

 
 
29-Avgust, 2023-yil 16:05 |