SAMARQAND SHAHRIDA IJTIMOIY DO‘KON ISH BOSHLADI
Bugun, 23-fevraldan boshlab Samarqand shahridagi So‘g‘diyona massivida ijtimoiy do‘kon o‘z faoliyatini boshladi. Unda muhtojligi bor fuqarolarga kiyim-kechaklar bepul beriladi.
Do‘kon tashkilotchilari maʼlum qilishicha, ijtimoiy do‘kon har kuni soat 16:00dan 18:00 gacha ochiq bo‘ladi. Xohlovchilardan bahorgi, yozgi kiyim-kechak va poyabzallar qabul qilinadi. “Farzandlaringizga, o‘zingizga kichkina bo‘lib qolgan kiyim-kechaklarni olib kelsangiz biz ularni mahalla orqali kam taʼminlanganlarga yetkazamiz, mazkur kiyimlarga ehtiyoji borlar So‘g‘diyonadagi Yangiobod masjidi yonida joylashgan ijtimoiy do‘konimizda kutamiz”, deyiladi do‘kon ochilishiga bag‘ishlangan eʼlonda.
23-Fevral, 2023-yil 14:02 |
Yangiliklar
Yanvar Oyi Pensiyalari Qachon To‘Lanadi?i
30-Dekabr, 2025-yil
Ассалому Алайкум, Азиз Самарқандликлар Ҳамда Ижтимоий Тармоқ Кузатувчилари!i
26-Dekabr, 2025-yil
Samarqand Shahridagi “Rk-2” Markaziy Qozonxonasi Ishga Tushirildii
14-Dekabr, 2025-yil