SAMARQAND SHAHRIDA HAYIT KUNI ELEKTROBUS VA TRAMVAY ISH FAOLIYATINI SOAT 04:00 DAN BOSHLAYDI
Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan 2026-yil 20-mart kuni Samarqand shahri jamoat transporti (avtobus, elektrobus va tramvay) ish faoliyatini ertalabki soat 04:00 dan boshlaydi.
Ushbu qaror jamoat transporti orqali hayit namozida ishtirok etishni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun qulaylik yaratish, yo‘llarda tirbandliklarni oldini olish hamda Ramazon hayiti bayramida sifatli, xavfsiz jamoat transporti xizmatini ko‘rsatish maqsadida qabul qilindi.
19-Mart, 2026-yil 12:54 |