SAMARQAND SHAHRIDA ELEKTRDAN O‘G‘RINCHA FOYDALANIB KELGAN MAYNING FERMA FOSH ETILDI
Xalqimiz orasida, "Xalq molini yegan halqumidan ilinar" degan naql bejizga aytilmagan.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filiali (https://t.me/SamHETK/14635) hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi reyd tadbiri davomida ana shunday xalq molini tuya qilgan mayninig ferma faoliyati fosh qilindi.
Xususan, Samarqand shahrida mebel ishlab chiqarish sexi shaklida ro‘yxatdan o‘tgan “G.B.M.” MCHJ 47 dona mayning qurilmasini elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, ushbu uddaburon "MCHJ" elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 9 mlrd. 852 mln. so‘m zarar yetkazganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.