SAMARQAND SHAHRIDA ATMOSFERA HAVOSINI TOZALASH BO‘YICHA ISHLAR OLIB BORILYAPTI
Samarqand shahrida Prezidentning tegishli Farmoni ijrosi doirasida, atrof-muhit sifatini yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom etmoqda. Shahardagi ko‘chalar, yo‘l chetlari, yirik kesishmalar, shuningdek, katta hududlardagi daraxtlar maxsus texnika yordamida yuvilmoqda. Maxsus xizmat xodimlari zamonaviy texnika vositalarini ishga solgan holda, baland daraxtlarning eng yuqori qavatlarigacha yetib boruvchi tozalash ishlarini amalga oshirmoqda. Ushbu chora-tadbirlar shahar havosini chang va zararli moddalardan tozalash, atmosfera ifloslanishini kamaytirish, aholi uchun sog‘lom va pok muhit yaratishga qaratilgan. Ishlar shaharning barcha hududlarida bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Yangiliklar
9-Dekabr, 2025-yil
8-Dekabr, 2025-yil
5-Dekabr, 2025-yil