Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

SAMARQAND SHAHRIDA 3291 NAFAR JISMONIY SHAXS O‘Z-O‘ZINI BAND QILISH ORQALI TURLI FAOLIYAT TURLARI BO‘YICHA ISHLARINI BOSHLASHDI

Samarqand shahrida 3291 nafar jismoniy shaxs o‘z-o‘zini band qilish orqali turli faoliyat turlari bo‘yicha ishlarini boshlashdi

Samarqand shahar davlat soliq inspeksiyasiga joriy yilning fevral oyi uchun budjet daromadlariga 67,9 mlrd. so‘mlik reja belgilangan. Haqiqatda esa 68,7 mlrd. so‘mlik tushum taʼminlandi va prognoz ko‘rsatkichi 101 foizga (764,8 mln. so‘m ortig‘i bilan) bajarildi. 
Masalan, fevral oyida jismoniy shaxslarning daromad solig‘i bo‘yicha belgilangan 37,1 mlrd. so‘mlik reja haqiqatda 37,6 mlrd. so‘m (101 foiz)ga, jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha 3,5 mlrd. so‘mlik reja 7,7 mlrd. so‘m (220 foiz)ga bajarilganini ta’kidlash joiz. 

Tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga yaqindan yordam berish davlat soliq xizmati organlarining asosiy maqsadidir. Taʼkidlash joizki, inspeksiya tomonidan ushbu yo‘nalishda ham izchil ishlar amalga oshirilayotir. 

Joriy yilning yanvar-fevral oyida 1 469 ta tadbirkorlik sub’ektiga dastlabki buxgalteriyani yuritish, 516 tasiga 7 553,6 mln. so‘mlik boshqa soliq turlaridagi ortiqcha to‘lovini qaytarish, 856 tasiga E-aktiv, E-ijara, E-imtiyoz avtomatlashtirilgan tizimlaridan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘mak berildi. 

Aholi bandligini taʼminlash, jumladan, jismoniy shaxslarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasida ham izchil chora-tadbirlar hayotga tatbiq qilinayotir. Birgina o‘zini o‘zi band qilgan holda tadbirkorlik faoliyatini yuritish borasida imkoniyatlar eshigi tobora keng ochilmoqda. Shahar bo‘yicha joriy yil 1 mart holatiga 3 291 nafar jismoniy shaxs o‘zini o‘zi band qilganini qayd etish lozim.  

Telegram messenjeridagi Soliqchi-ko‘makchi Samarqand DSI, SoliqMaslahatchilari guruhlari orqali soliq to‘lovchilarning murojaatlari va savollariga malakali mutaxassislar tomonidan tezkorlik bilan javob qaytarilmoqda. Masalan, noyabr oyida SoliqMaslahatchilari guruhida 300 ga yaqin savollarga atroflicha javob berildi. 

Muxtasar aytganda, soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yana-da oshirish, tadbirkorlik subyektlarining eng yaqin ko‘makchisiga aylanish, pirovardida, iqtisodiy yuksalishga munosib hissa qo‘shish faoliyatimizning bosh mezonidir. 

Elyor Tolliev, 
Samarqand shahar davlat soliq 
inspeksiyasi boshlig‘i

 
 
7-Mart, 2023-yil 17:07 |