SAMARQAND SHAHRI KUNI MUBORAK BO‘LSIN!

Aziz hamshaharlar va go‘zal Samarqandning mehribon mehmonlari!
Siz, azizlarni 18-oktabr – “Samarqand shahri kuni” bilan chin qalbimdan tabriklayman!
Buyuk tarix va betakror madaniyatga ega shahrimiz bugun ham yuksalish va gullab-yashnash yo‘lida izchil qadam tashlamoqda. Bu borada samarqandliklarning mehnati, fidokorligi va jonajon yurtimizga bo‘lgan muhabbati alohida e’tirofga loyiq.
Samarqand asrlar davomida ilm-fan, ma’rifat, madaniyat va hunarmandchilik markazi sifatida dunyo ahlini maftun etib kelgan. Bugun esa u – yashil va zamonaviy shahar, xalqlar do‘stligi hamda tinchlik ramzi sifatida yanada yuksak nufuzga ega bo‘lmoqda.
Qadrli do‘stlar, siz bilan birgalikda bizning aziz shahrimizni yanada obod, farovon va nurli kelajak sari yetaklash hammamizning muqaddas burchimizdir.
Shahrimiz ayyomi barchangizga muborak bo‘lsin!
Fazliddin Umarov,
Samarqand shahar hokimi.
Yangiliklar
18-Oktabr, 2025-yil
18-Oktabr, 2025-yil
18-Oktabr, 2025-yil