SAMARQAND SHAHRI BO‘YICHA “TASHABBUSLI BYUDJET” JARAYONINING 2024 YIL 1-MAVSUMI NATIJALARI
“Tashabbusli byudjet” jarayonining 1-mavsumida 2024 yil uchun shahar byudjet parametrida ko‘zda tutilgan 5 foiz mablag‘lar doirasida ya’ni 58 882 mln so‘m rejalashtirilgan. Shundan rejalashtirilgan mablag‘ning 50 foizi miqdorida ya’ni 29 440,9 mln so‘m, Erkin qoldiq mablag‘lar hisobidan 30 foiz miqdorida ya’ni 5 051,9 mln so‘m, Mening yo‘lim loyihasiga ajiratilgan mablag‘larning 4 000,0 mln so‘m, jami bo‘lib 38 492,8 mln so‘m mablag‘lar jamg‘armaga yo‘naltirilgan. 2024 yil boshida jamg‘armada 1 451,6mln so‘m qoldiq mavjud bo‘lgan.
Natijada tashabbusli byudjet jarayonining 1-mavsumida jami mablag‘lar 39 mlrd 944.4 mln so‘mni tashkil etgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha 2024 yilning fevral-aprel oylarida o‘tkazilgan tashabbusli byudjet jarayonida Samarqand shahri bo‘yicha fuqarolar tomonidan jami 431 ta loyihalar ilgari surilib, 376 ta loyihalar ishchi komissiyasi tomonidan saralab olingan.
Ovoz berish yakunlariga ko‘ra 32 ta takliflar g‘olib deb topildi.
Jumladan:
1. Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga tibbiy jixozlar sotib olish.. 3852 ta ovoz bilan;
2. Samarkand shaxar 2-son sport maktabining 30mx60m o‘lchamdagi sport zalini ta'mirlash va 2000 nafar bolalar-o‘smirlar uchun sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun zamonaviy shart-sharoit yaratish.Futbol stadioniga 1021 ta zamonaviy o‘rindiqlarni o‘rnatish 3256 ta ovoz bilan;
3. Samarqand shaxar 64-umumta`lim maktabining moddiy texnik bazasini rivojlantirish uchun 2953 ta ovoz bilan;
4. Samarqand Davlat Tibbiyot Unverstet ixtisoslashgan bolalar xirurgik klinikasi moddiy texnik bazasini rivojlantirish uchun 2651 ta ovoz bilan;
5.Samarqand shahar 36-son umumiy o‘rta ta'lim maktabini 1953 yilda qurulgan boshlang'ich sinflar o'quv binosini tamirlash va o'quvchilarga bilim olishda sharoit yaratib berish uchun 2604 ta ovoz bilan;
6. Samarqand shahar 1-son tug'ruq majmuasi davlat korxonasi moddiy texnik bazasini rivojlantirish. uchun 2594 ta ovoz bilan;
7. Samarqand shahar 67-umumiy o'rta ta'lim maktabidi Sport zal hamda oshxona qurish uchun 2296 ta ovoz bilan;
8. Samarqand shahar 24-umumiy o'rta ta'lim maktabining moddiy texnik bazasini rivojlantirish uchun 2238 ta ovoz bilan;
9. Samarqand shaxar 20-umumta`lim maktabdi hovlisiga gidrat hovuz qo'rish va unga nasos o'rnatish.Maktabda 100 metr avariyni devorni buzib qayta qurish.Maktab hovlisiga 3 ta bessetkalar qurish. 360 metr kv joyni asfalt qilish.Maktabda kasbga yo'naltirish uchun engil rekonstiruksiya bilan maktab hovlisidan sartaroshxona qurish va jixozlash.Maktab hovlisini obodonlashtirish uchun 3500 metr kv joyini gazon ekishga tayorlash va eshik, uniing sug'orilishi uchun plastilin trubalardan zamonaviy shaklda montaj ishlarini amalga oshirish uchun 2189 ta ovoz bilan;
10. Samarqand shaxar 73-umumta`lim maktabining binosining 2 qismi va maktabning umumiy fasadini kapital ta'mirlash uchun 2148 ta ovoz bilan;
11. Samarqand shaxar 55-umumiy o`rta ta`lim maktabida yengil konstruktsiyali kasb-hunarga yo`naltirish markazini qurish va jixozlash. "Tikuvchilik", "Akfa ustaxonasi", "Sartaroshxona" (qiz-o`g`illar), "Mebel ustaxonasi" va "Kommunal texnik ko`rsatish xizmat ustaxona"larni to'liq jixozlash uchun uchun 2072 ta ovoz bilan;
12. Samarqand shaxar 11-umumiy o‘rta ta`lim maktabiga qo‘shimcha bino qurish va yangi qurilgan sinf xonalarni jixozlash uchun 2005 ta ovoz bilan;
13. Samarqand shahar 2-son umumiy o‘rta ta'lim maktabni mukammal ta'mirlash faollar zali va sinf xonalar pollari mukammal ta'mirlash faollar zali va sinf xonalar pollari elektr ta'mirlash faollar zaliva sinf xonalar pollari elektr ta'minotini yangilash pardozlash oshxonani yangi konstruksiya asosida kengaytirish, uchta to‘garak xonasi qurish yertulani ta'mirlash hamda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun 1940 ta ovoz bilan;
Zokirov Fattohxon, [13.04.2024 16:16]
14. Samarqand shahar 13-umumiy o'rta ta'lim maktabining moddiy texnik bazasini rivojlantirish uchun 1838 ta ovoz bilan;
15. Viloyat OITSga qarshi kurashish markazi moddiy texnik bazasini rivojlantirish uchun 1820 ta ovoz bilan;
16.Samarqand shahar 45-umumiy o'rta ta'lim maktabi hovlisida 20x40 o‘lchamli sun’iy futbol maydoni qurish, eski xojatxona o‘rniga yangi 18 ochkoli yangi xojatxona qurish, 3500 m2 maktab hovlisiga asfalt yotqizish va maktab hududini o‘rab turgan 200 mert devorni ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun 1793 ta ovoz bilan;
17. Samarqand shahar 40-umumiy o'rta ta'lim maktabi bugungi kunda 1700 nafardan ziyod oʻquvchi tahsil olmoqda. Oʻquv jarayonlari uchun sinfxonalar yetishmasligi kuzatilmoqda. 2024-2025-oʻquv yilida boshlangʻich sinf oʻquvchilarining qabulini hisobga olgan holda maktab uchun qoʻshimcha oʻquv binosiga ehtiyoj bor. Shu munosabat bilan maktab hududidagi foydalanilmayotgan eski qozonxona oʻrnida ikki qavatli 90 nafar oʻquvchiga moʻljallangan yangi oʻquv binosi qurish hamda oʻquv jarayonlari uchun moddiy-texnik jihatdan jihozlash ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun 1688 ta ovoz bilan;
18. Respublika ixtisoslashgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali poliklinika hududini obodonlashtirish,2675 kv\m asfalt yotqizish, birnchi davolash binosining yertulasini kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun 1665 ta ovoz;
19. Samarqand shahar 48-umumiy o'rta ta'lim maktabning fasad qismini joriy ta'mirlash uchun 1579 ta ovoz bilan;
20. Samarqand shahar 79-DMTTning yozgi ayvonchalarini(12ta), o'yin maydonchalari, basseynlari, futbol maydonchasini, yo'lakchalarini xamda tashkilot atrofini o'rab turgan devorlarini ta'mirlash uchun 1549 ta ovoz bilan;
21. Samarqand shahar 34-umumiy o‘rta ta'lim maktabida quyidagi qurilish-ta`mirlash ishlarni amalga oshirish: texnologiya va informatika xonalar uchun qo‘shimcha 2-qavatli bino qurish, 36metrlik avariya holatiga tushgan devorni qayta qirish, hududni obodonlashtirish uchun 1456 ta ovoz bilan;
22. Samarqand shahar 49-umumiy o‘rta ta'lim maktabida barcha xonalarni va karidor devorlari hamda patalok qismining oxak katlamini olib tashlab zamonaviy qilib ta'mirlash, barcha xonalardagi eshiklar va derazalarni zamonaviysiga almashtirish,maktabning tashqi fasadini ta'mirlash,sport zal va faollar zalini zamonaviy qilib ta'mirlash uchun 1386 ta ovoz bilan;
23. Samarqand shahar 7-umumiy o‘rta ta'lim maktabning ichki yo‘laklarga isitish tizimini o‘rnatish,maktabning sinf-xonalarini ta'mirlash,maktab tashqi fasad yangilash,maktabdagi eski hojatxonani to‘liq ta'mirlash uchun 1376 ta ovoz bilan.
24. Samarqand shahar 69-davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Sport zali, ruxshinos xonasi, qurish asvalt qilish 810 kv. metr Yangi qo'shimcha bino qurish.Kir yuvish xonasi va xamshira xonasini ta'mirlash va jihozlash 12-ta guruh xonalariga Gilamlar, Gurux xonalariga bolalar stol stuli, 60 ta kravat, tarbiyachilar uchun 12 ta stol 12 ta stul, 12 ta hujattlar uchun kitob javoni, yozgi ayvonchalarga bolalalr arg'imchog'i yangi Darvoza o'rnatish va Obodonlashtirish to‘liq ta'mirlash uchun 1370 ta ovoz bilan;
25. Viloyat ixtisoslashgan bolalar stomotologiya poliklinikasini moddiy texnik bazasini rivojlantirish. uchun 1369 ta ovoz bilan;
26. Samarqand shahar 52-umumiy o‘rta ta'lim maktabning binosi eshik derazalari sinfxonalar pollari va fasad qismini kapital ta'mirlash uchun 1350 ta ovoz bilan;
27. Samarqand shahar 50-umumiy o‘rta ta'lim maktabining mehnat xonasi qurish va uni jixoz bilan ta'minlash,maktabning faollar zaliga yangi tipdagi vidyo proektor o‘rnatish,Kimyo Fizika Biologiya kutubxona o‘quv zali hamda xorijiy til xonalarini 10 dona elektron doska bilan ta'minlash,Maktab orqa hovlisiga qishqi bog‘ teplitsa qurish hamda 60 metrlik yo‘lakni asfalti qoplash, 15-ta o‘quv sinf xonalarini parta,stol stul bilan ta'minlash,maktab o‘quvchilarida tabiyatga bo‘lgan muhabbatni uyg‘otish maqsadida jonli burchak tashkil etish tamirlash uchun 1323 ta ovoz;
Zokirov Fattohxon, [13.04.2024 16:16]
28. Samarqand shahar 33-umumiy o‘rta ta'lim maktabining uch qavatli asosiy binosida mavjud ma'nan eskirgan 86 dona deraza va 46 dona eshiklarni almashtirish, isitish tizimini to‘liq ta'mirlash,2369 kv.m pol qismini almashtirish,8700 kv.m ichki va 3800 kv.m tashqi fasadni ta'mirlash,1500 metr ichki elektr simlarini almashtirish uchun 1292 ta ovoz bilan;
29. Samarqand shahar 14-son oilaviy poliklinkasining moddiy texnik bazasini rivojlantirish uchun zaruriy jixozlar sotib olish uchun 1283 ta ovoz bilan;
30. Samarqand shahar 5-umumiy o'rta ta'lim maktabining moddiy texnik bazasini rivojlantirish uchun 1239 ta ovoz bilan;
31. Samarqand shahar 10-umumiy o'rta ta'lim maktabini mukammal ta'mirlash: fasadni kapital ta'mirlash, eshik-deraza romlarini almashtirish. tomni yangilash, sinf xonalarini ta'mirlash, obodonlashtirish ishlarini olib borish uchun 1215 ta ovoz bilan;
32. Samarqand shahar 35-umumiy o'rta ta'lim maktabida faollar zalini qurish uchun 1186 ta ovoz bilan loyihalar g‘olib deb topildi.
Natijada, jami 32 loyihaning umumiy qiymati - 39455.3 mln so‘mni tashkil qildi.
Turakulov Raxmatjon, Samarqand shahar Iqtisodiyot va Moliya bo’limi boshlig’i o'rinbosari.