SAMARQAND SHAHAR SOLIQ INSPEKSIYASIDA “SOLIQ ORGANLARIDA PAYSHANBA — YOSHLAR OCHIQ ESHIKLAR KUNI” TADBIRI DOIRASIDA YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT TASHKIL ETILDI.
Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan soliq qonunchiligi, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, soliq imtiyozlari, hisob-kitob hamda elektron xizmatlardan foydalanish masalalari yuzasidan qator savol va takliflar bildirildi.
Ayrim masalalar bo‘yicha joyida huquqiy tushuntirishlar berildi va amaliy ko‘mak ko‘rsatildi. Qo‘shimcha o‘rganish hamda vaqt talab etiladigan murojaatlar esa belgilangan tartibda ro‘yxatga olinib, nazoratga qo‘yildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarning soliq sohasidagi bilim va huquqiy madaniyatini oshirish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish hamda mavjud muammolarni tizimli hal etishdan iborat. Bunday ochiq muloqotlar yoshlar va davlat organlari o‘rtasidagi ishonch hamkorligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Yangiliklar
28-Fevral, 2026-yil
26-Fevral, 2026-yil
26-Fevral, 2026-yil