SAMARQAND SHAHAR MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BO‘LIMI TASHABBUSI BILAN TASHKIL ETILGAN BOG‘GA SHUNDAY NOM BERILDI.

Shu kunlarda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Samarqand shahrida daraxt ko‘chatlari ekilayotgani haqida xabar berib boryapmiz.
Ushbu tashabbus shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanib, umumiy o‘rta ta’lim maktablariga 300 ga yaqin mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
20-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan bog‘ga "Ustozlar bog‘i" deb nom berildi.
Tizim rahbari Zayniddin Nuriddinovning ta’kidlashicha, shahardagi bo‘sh yer maydoni bo‘lgan barcha maktablarga daraxt ko‘chatlari ekiladi.
9-Noyabr, 2024-yil 13:18 |
Yangiliklar
Yana Bir Noqonuniy Qurilish Buzildii
27-Mart, 2025-yil
Jinoyatchilikka Qarshi Kurashish Bo‘Yicha Ishlar Davom Etyaptii
26-Mart, 2025-yil