SAMARQAND SHAHAR IQTISODIYOT VA MOLIYA BO‘LIMNING 2025-YIL 3-CHORAK YAKUNLARIGA KO‘RA JAMOATCHILIK FIKRI ASOSIDA SHAKLLANTIRILGAN TADBIRLARNI MOLIYALASHTIRISHGA YO‘NALTIRILGAN MABLAG‘LAR VA BAJARILGAN ISHLAR TO‘G‘RISIDAGI HISOBOTI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-aprelda “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ 5072-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi “Tashabbusli budjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi KQ-666-IV-sonli qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-iyuldagi “Tashabbusli budjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g'risida”gi KQ-787-IV-sonli qarorlari qabul qilingan.
Mazkur qarorlarga ko‘ra:
Jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan tuman (shahar)lar byudjetlari mablag‘lari tegishlicha tuman va shahar hokimligi qoshida ochiladigan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida jamlanishi va ushbu mablag‘larni boshqa maqsadlarga sarflanishi qat’iyan taqiqlanishi belgilangan.
2025-yil 2-3-chorak davomida “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2025 yil 2-mavsumi (iyul-avgus-sentabr oylarida) tugagan bo‘lib, “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”da 25993,0 mln.so‘m (22500,0 mln.so‘m parametrdan, Shahar mahalliy budjetining 2025-yil 2-chorak yakuni bilan daromadlar rejasnining orttirib bajarilgan qismining 30 foizi 2847,8 mln.so‘m “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”ga yo‘naltirilgan 645,2 mln.so‘m iqtisod bo‘lgan) mablag‘lar shakllangan. Shakllantirilgan mablag‘lar doirasida “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2-mavsumi 2025 yil 15 iyuldan 31 avgust kuniga qadar to‘rt bosqichda o‘tkazildi.
1-bosqich: 2025 yilning 15 iyul kunidan 3 avgust kuni oralig‘ida taklif qoldirish jarayoni orqali bo‘lib o‘tdi. Bunda fuqarolar tomonidan o‘z xududidagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha “openbudget.uz” axborot portali orqali jami 275120,3 mln.so‘mlik 335 ta takliflar bildirildi.
2-bosqich: 2025 yilning 4 avgustdan 18 avgustgacha takliflarni saralash jarayoni, barcha takliflar moderatsiyadan o‘tkazilib, ishchi komissiya tomonidan ko‘rib chiqildi va 293 ta takliflar qabul qilinib o‘tkazildi. 42 ta takliflar belgilangan me’zonlarga (bir-birini takrorlovchi, boshqa hududga ta’luqli, shaxsiy xususiyatga ega va hokazolar) mos emasligi sababli rad etildi.
3-bosqich: 2025 yilning 19 avgustdan 21avgust kunigacha loyihalarni targ‘ibot qilish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi.
4-bosqich: 2025 yilning 22 avgustdan 31 avgust kunigacha ovoz berish jarayoni bo‘lib, bunda qabul qilingan takliflar doirasida ovoz berildi. Natijada eng ko‘p ovoz to‘plagan 18 ta takliflarning 23 346,9 mln.so‘mlik loyihalari amalga oshadigan bo‘ldi.
- 10 ta taklif bo‘yicha 13 747,0 mln.so‘mlik umumta’lim maktablarining qurilish va ta’mirlash hamda jihozlash ishlari bajariladi;
- 4 ta taklif bo‘yicha 5 800,0 mln.so‘mlik maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ta’mirlash ishlari bajariladi;
- 2 ta taklif bo‘yicha 2 800,0 mln.so‘mlik tibbiyot muassasasining jihozlash ishlari bajariladi;
- 2 ta taklif bo‘yicha 3 000,0 mln.so‘mlik Ko‘l MFYda sport maydonchasi qurish va Sayhun MFYni ichki kuchalarni asfalt qilish.
Jumladan:
1. Samarqand shahar 80-son umumta'lim makatabga 150-o‘rinli qo‘shimcha bino qurish tashabbusi uchun 2 344 ta ovoz yig‘ib, 1 500,0 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.
2. Samarqand shahardagi 31-son umumtalim maktabdagi past ayvondi buzib joyiga o‘quvchilar uch etajli bino qurish tashabbusi uchun 2 332 ta ovoz yig‘ib, 1 500,0 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.
3. Samarqand shahar Ko‘l mahallasida mavjud bo‘lgan stadionni zamonaviy o‘yingohga aylantirish orqali aholini ayniqsa yoshlarni sportga jalb qilish bilan sog‘lom muhitni shakillantirish tashabbusi uchun 2 285 ta ovoz yig‘ib, 1 500,0 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.
4. Sog‘liqni saqlash muassasalarini ta'mirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tashabbusi uchun 2 230 ta ovoz yig‘ib, 1 500,0 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.
5. Samarqand shahar Sayhun MFYda Farg²ona, Obi Mashxad va Kosiblar ko‘chalarini asfalt qilish rivojlantirish tashabbusi uchun 2 223 ta ovoz yig‘ib, 1 499,9 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.
6. Samarqand shahar Novbog‘chiyon MFYda joylashgan 73-son umumta'lim maktabining fasad qismini travertin qilish va maktab xovlisisning old qismiga plita yotqizish, orqa xovlisini asfalt qilish ta'mirlash tashabbusi uchun 2 161 ta ovoz yig‘ib, 1 500,0 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.
7. Samarqand shahar 12-son umumta'lim maktabini ta'mirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish ishlarini bajarish tashabbusi uchun 2 139 ta ovoz yig‘ib, 975,1 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.
8. Samarqand shahar 3-son umumta'lim maktabiga zamonaviy sport zali shuningdek suniy futbol maydonchasi barpo etish. Ma'nan eskirgan derazalarni akfa romlarga almashtirish, tom qismini ta'mirlash, maktab fasadini qaytadan mukammal ta'mirlash hamda sinfxonalarning pol qismini ta'mirlash ishlarini bajarish tashabbusi uchun 2 125 ta ovoz yig‘ib, 1 500,0 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.
9. Samarqand shahar 59-son umumta'lim maktabini ta'mirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish. ishlarini amalga oshirish tashabbusi uchun 2 113 ta ovoz yig‘ib, 1 021,9 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.
10. Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasiga qarashli 1-son oilaviy poliklinikasi binosi ayanchli ahvolga kelib qolganligi sababli poliklinika binosini joriy tamirlash amalga oshirish tashabbusi uchun 2 011 ta ovoz yig‘ib, 1 300,0 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.
11 Samarqand shahar Xo‘jasoat MFYda joylashgan 106-son maktabgacha ta'lim tashkiloti 1987-yilda qurilgan binosining 2500 kv.m fasad qismini ta'mirlash, 2200 kv.m tom qismini yangilash, 14 ta yozgi ayvoncha qurish, 250 metr ichki oqava tarmog‘i quvurlarini yangilash va yo‘lak hamda maydonchalarni ta'mirlash ishlarini amalga oshirish tashabbusi uchun 1 839 ta ovoz yig‘ib, 1 500,0 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.
12. Samarqand shahar 9-son umumiy o'rta ta'lim maktabida musiqa xonasi va 4 ta kasbga yo'naltirish xonalarini qurish amalga oshirish tashabbusi uchun 1 811 ta ovoz yig‘ib, 1 350,0 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.
13. Samarqand shahar Xushrav MFYda joylashgan 36-son umumta'lim maktabi sport maydonchasini qayta zamonaviy sport kompleksi qurish, maktab xavlisini asfalt qilish, faollar zalini pollarini almashtirish, yangi maktab binosi oldida yozgi tadbirlar maydonini yaratish tashabbusi uchun 1 793 ta ovoz yig‘ib, 1 500,0 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.
14. Samarqand shahar 54-son umumta'lim maktabining 105 ta eshiklarini yangilash, 27 ta sinfxona polini qilish, maktabning ichki qismini rekonstruksiya qilish va zamonaviy suniy sport zali, mini futbol maydonchasi qurish tashabbusi uchun 1 737 ta ovoz yig‘ib, 1 500,0 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.
15 Samrqand shahar 51-son umumta'lim maktabi asosiy bino tom qismini kapital ta'mirlash, faollar zalini kapital ta'mirlash, sport zali va kiyinish xonasini kapital ta'mirlash tashabbusi uchun 1 630 ta ovoz yig‘ib, 1 500,0 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.
16. Samarqand shahar Yuksalish MFYda joylashgan 83-son maktabgacha ta'lim tashkiloti 1986-yilda qurilgan binosining 1120 kv.m tom qismini yangilsh, 868 kv.m fasad qismini ta'mirlash, 1394 kv.m ichki devorlarini yangilash, 64 ta derazalarni yangilash, 56 ta eshiklarni yangilash, 620kv.m pol qismini ta'mirlash, 6 ta yozgi sog‘lomlashtirish ayvonlarini ta'mirlash ishlarini bajarish tashabbusi uchun 1 535 ta ovoz yig‘ib, 1 400,0 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.
17. Samarqand shahar Uvaysiy MFYda joylashgan 96-davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti 1982-yilda qurilgan binosining 1760 kv.m fasad qismini ta'mirlash, 3400 kv.m gurux xonalarini hamda 1 dona 65 kv.m musiqa zalini ta'mirlash, 10 kv.m eshik va 105 kv.m deraza romlarini yangilash, 9 dona yangi yozgi ayvonchalarni qurish, 35 kv.m yozgi bolalar cho‘milish suv xavzasini ta'mirlash tashabbusi uchun 1 322 ta ovoz yig‘ib, 1 400,0 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.
18. Samarqand shahar Ipak yo‘li MFYda joylashgan 88-son davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti 1980-yilda qurilgan binosining fasad qismini ta'mirlash, 6 ta guruh xonasini va bolalar yozgi o‘yin maydonchasi hamda yozgi ayvonlarni ta'mirlash, xovliu qismiga plita qoplamasi terish, 250 metr to‘siq devorlarni yangilash tashabbusi uchun 1 187 ta ovoz yig‘ib, 1 500,0 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.
2025-yil 2-mavsumda g‘olib loyihalarga buyurtmachi tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda e’lon berilib tanlov asosida loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun loyihachi tashkilotlar aniqlanish jarayonida.
Yangiliklar
5-Sentabr, 2025-yil
4-Sentabr, 2025-yil