SAMARQAND SHAHAR IQTISODIYOT VA MOLIYA BO‘LIMNING 2024-YIL 3-CHORAK YAKUNLARIGA KO‘RA JAMOATCHILIK FIKRI ASOSIDA SHAKLLANTIRILGAN TADBIRLARNI MOLIYALASHTIRISHGA YO‘NALTIRILGAN MABLAG‘LAR VA BAJARILGAN ISHLAR TO‘G‘RISIDAGI HISOBOTI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-aprelda “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ 5072-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi “Tashabbusli budjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi KQ-666-IV-sonli qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-iyuldagi “Tashabbusli budjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g'risida”gi KQ-787-IV-sonli qarorlari qabul qilingan.
Mazkur qarorlarga ko‘ra:
Jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan tuman (shahar)lar byudjetlari mablag‘lari tegishlicha tuman va shahar hokimligi qoshida ochiladigan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida jamlanishi va ushbu mablag‘larni boshqa maqsadlarga sarflanishi qat’iyan taqiqlanishi belgilangan.
2024-yil 3-chorak davomida “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash” maqsadida shaharda budjetining tasdiqlangan umumiy xarajatlarining 5 foiz qismi hisobidan 29 440,7 mln.so‘m, Jami bo‘lib 33 158,2 mln.so‘m mablag‘ jamoatchilik fikri asosida shakllanadigan tadbirlarni moliyalashtirish maqsadida shahar hokimligida ochilgan “Fuqarolar tashabbusli jamg‘armasi”ga yo‘naltirildi.
Jamoatchilik fikri asosida 2024 yil 2-mavsumning birinchi bosqichida, joriy yilning 6-26-iyul kunlari openbyudjet.uz rasmiy veb sayti orqali shahardagi mavjud ijtimoiy muammolarni bartaraf etish maqsadida fuqarolar tomonidan 375 ta tashabbuslar qoldirildi, ularning umumiy qiymati 315 094,9 mln.so‘m.
Ikkinchi bosqichda, ushbu takliflar joriy yilning 26-iyuldan 15-avgustgacha ishchi guruh tomonidan o‘rganib chiqilib saralandi va natijada ishchi guruh xulosasiga asosan 349 ta tashabbus jami 283 735,2 mln.so‘mlik takliflar keyingi bosqichga o‘tkazildi.
Uchinchi bosqichda, joriy yilning 15-avgustdan 22-avgust kunlariga qadar fuqarolar va tashabbuskorlar tomonidan o‘z loyihalarini targ‘ibot qilish jarayonlari bo‘lib utdi.
To‘rtinchi bosqichda, joriy yilning 22-avgustdan 1-sentyabr kunlari fuqarolar tomonidan ovoz berish jarayonlari bo‘lib utdi va eng ko‘p ovoz olib g‘olib bo‘lgan takliflar, ovozlar soniga ko‘ra, yuqoridan pastga tamoyili asosida shuningdek “Fuqarolar tashabbusli jamg‘armasi”da shakllangan mablag‘lar hajmidan kelib chiqib, 26 ta taklif tashabbuskorlari jami 69 836 ta ovozlar yig‘ib, 33 158,2 mln.so‘m mablag‘lar bilan g‘olib bo‘lishdi.
Jumladan:
1. Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga tibbiy jixozlar sotib olish tashabbusi uchun 7 200 ta ovoz yig‘ib, 1 360,0 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.
2. Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazining tibbiy jixozlar sotib olish tashabbusi uchun 6 886 ta ovoz yig‘ib, 1 180,0 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.
3. Respublika ixtisoslashgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali tibbiy jixozlar sotib olish tashabbusi uchun 3 948 ta ovoz yig‘ib, 1 218,0 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.
4. Samarqand Davlat Tibbiyot Unverstet ixtisoslashgan bolalar xirurgik klinikasi moddiy texnik bazasini rivojlantirish tashabbusi uchun 2 972 ta ovoz yig‘ib, 1 360,0 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.
5. Samarqand shaxar 3-son tez tibbiy yordam stansiyasi xududiga kirish qismini ta'mirlash va avtogaraj qismining tom va ichki qismini qayta tamirlash. Stansiya xududini asfaltlash hamda obodonlashtirish tashabbusi uchun 2 874 ta ovoz yig‘ib, 1 360,0 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.
6. Samarqand shahar 29-umumiy o‘rta ta'lim maktabi tom qismini almashtirish, maktabdagi barcha eski eshik va derazalarni almashtrish tashabbusi uchun 2 766 ta ovoz yig‘ib, 1 350,0 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.
7. Samarkand shaxar 2-son sport maktabining Yengil konstruksyali 12x24 sport zal va yordamchi binolarni barpo etish va yakka kurash sport turlarini rivojlantirish (Taekvondo wt) tashabbusi uchun 2 717 ta ovoz yig‘ib, 1 360,0 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.
8. Samarqand davlat chet tillar instituti akademik letseyning mavjud B o'quv binosini zamonoviy yotoqxona binosni sifatida kapital ta'mirlash ” tashabbusi uchun 2 713 ta ovoz yig‘ib, 1 240,0 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.
9. Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand viloyati filiali tibbiy jixozlar sotib olish tashabbusi uchun 2 693 ta ovoz yig‘ib, 1 119,0 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.
10. Samarqand shahar 65-son umumta'lim maktabiga ikkita suniy qoplamali fudbol maydonchasi qurish volibol fudbol basketbol maydonlarini qurish atrofini obodonlashtirish xamda yugurish yo'lakchasi qurish tashabbusi uchun 2 577 ta ovoz yig‘ib, 1 360,0 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.
11. Samarqand viloyati suv turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi (Delfin)da bassiyn filitrlarini almashtirish,ventilyasiya tizmni ta'mirlash va qorovullar uchun alohida xafsizlik kabina tayorlab o'rnatish tashabbusi uchun 2 470 ta ovoz yig‘ib, 1 360,0 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.
12. Samarqand shahar 73-son umumiy o‘rta ta'lim maktab hududida 3 ta zamonaviy talablarga mos keladigan sport maydonlarni qurishtashabbusi uchun 2 273 ta ovoz yig‘ib, 1 360,0 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.
13. Samarqand shahar 13-son oilaviy poliklinkasining moddiy texnik bazasini rivojlantirish uchun zaruriy jixozlar sotib olish tashabbusi uchun 2 201 ta ovoz yig‘ib, 1 228,0 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.
14. Samarqand shahar 30-son umumiy o‘rta ta'lim maktabining Polni almashtirish 730 kv.m (1-qavat sportzal,faollar zali), eshiklarni almashtirish 40-ta eshik,potolokni almashtirish 1-qavat faollar zali,maktab atrofini devor bilan urash 185 m.442 kv.m,Darvoza qurish,Xojatxona qurish,Mini fudbol maydonchasi qurish,Brchatka yotqizish 240 kv.m. tashabbusi uchun 2 210 ta ovoz yig‘ib, 1 330,0 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.
15. Samarqand shahar 2-son umumiy o‘rta ta'lim maktabining moddiy texnik bazasini rivojlantirish tashabbusi uchun 2 119 ta ovoz yig‘ib, 1 357,0 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.
16. Samarqand shahar shifoxonasi ichki yo`llari va yo`laklari hamda latoklarini qayta tamirlash va yangilash ishlarini amalga oshirish uchun tashabbusi uchun 2 163 ta ovoz yig‘ib, 1 360,0 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.
17. Respublika ixtisoslashgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali poliklinika hududini obodonlashtirish, 2675 kv\m asfalt yotqizish, birnchi davolash binosining yertulasini kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirish (quyosh panel o‘rnatish bilan)” tashabbusi uchun 2 133 ta ovoz yig‘ib, 1 300,0 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.
18. Samarqand shahar 9-son umumiy o‘rta ta'lim maktabini Xojatxonani kapital ta'mirlash, eshiklarini almashtirish ikki tomondan zinalarni yangilsh,margarita terish,tutkichlarini alymin turbalarga almashtirish uchunchi qavat isitish tizimini almashtirish tashabbusi uchun 2 115 ta ovoz yig‘ib, 1 000,0 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.
19. Samarqand shahar 42-umumta'lim maktabi faollar va sport zallarining shiferli tom qismini to'liq almashtirish, maktab hovlisini ko'kalamzorlashtirish va obodonlashtirish, shuningdek hojatxonaning tom qismini to'liq almashtirish va ichki hamda tashqi qismini mukammal ta'mirlash tashabbusi uchun 2 101 ta ovoz yig‘ib, 1 360,0 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.
20. Samarqand viloyat yuqmli kasalliklar klinik shifoxonasi 2-bo‘lim, 3-bo‘lim va reanimasiya bo‘limining yertulasini joriy ta'mirlash tashabbusi uchun 2 077 ta ovoz yig‘ib, 1 200,0 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.
21. Samarqand shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining o'quvchilar turar joyi (yotoqxona) va oshxonasini kengaytirish. 80 -100 kishiga mo'ljallangan o'quvchilar turar joyi (yotoqxona) qurish tashabbusi uchun 1 992 ta ovoz yig‘ib, 1 200,0 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.
22. Samarqand shahar 15-son oilaviy poliklinkasining moddiy texnik bazasini rivojlantirish uchun zaruriy jixozlar sotib olish tashabbusi uchun 1 923 ta ovoz yig‘ib, 1 251,0 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.
23. Samarqand shahar 36-umumiy o‘rta ta'lim maktabining moddiy texnik bazasini rivojlantirish tashabbusi uchun 1 866 ta ovoz yig‘ib, 925,2 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.
24. Samarqand shahar 21-umumiy o‘rta ta'lim maktabini fasad qismini tulik yangilash oldi xovli kirish bruchatkasini yangilash va ichkari xovlini asfaltini yangilash tashabbusi uchun 1 821 ta ovoz yig‘ib, 1 360,0 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.
25. Samarqand shahar 24-umumiy o‘rta ta'lim maktabini Boshlang‘ich sport zal binosi polini yangilash, Kutubxona polini yangilash,Kutubxona polini yangilash maktabning orqa qismni tomoniga asfalt yotqizish ikki yon tomon fasad qismini ta'mirlash oshxonadan alohida kilingan xonani ta'mirlash yangi tashqi 12 ko‘z ochkoli xojatxona qurish fayaning tom qismini rangli tunika qoplamasiga almashtirish tashabbusi uchun 1 779 ta ovoz yig‘ib, 1 360,0 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 16-sentabrdagi 23-9-19264-sonli xatiga asosan mahalladagi mavjud aholi sonidan ko‘p ovoz to‘plab g‘olib bo‘lmagan loyihalarni qo‘shimcha ravishda g‘olib deb topilgan va 1 ta tashabbusni moliyalashtirish uchun Respublika byudjetidan jami 1 300,0 mln.so‘m mablag‘ ajratildi:
Jumladan:
26. Samarqand shahar 16-umumiy o‘rta ta'lim maktabiga ikkita suniy qoplamali sport maydonchasi qurish yangi xojatxona qurish volibol basketbol sport maydonchasi qurish tashabbusi uchun 1 775 ta ovoz yig‘ib, 1 300,0 mln.so‘m mablag‘ bilan g‘olib bo‘ldi.
2024-yil 1-mavsumda g‘olib loyihalar buyurtmachi tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda e’lon berilib tanlov asosida g‘olib bo‘lgan pudratchi tashkilotlar tomonidan barchasida qurilish ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
2024-yil 2-mavsumda g‘olib loyihalarga buyurtmachi tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda e’lon berilib tanlov asosida loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun loyihachi tashkilotlar aniqlanish jarayonida.