SAMARQAND SHAHAR HOKIMLIGIDA SHAHAR MAHALLALARIDA FAOLIYAT OLIB BORUVCHI XOTIN-QIZLAR FAOLLARI ISHTIROKIDA GIYOHVANDLIKNING OLDINI OLISHGA QARATILGAN TADBIR BO‘LIB O‘TDI.

Unda Prezident Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi bo‘limi boshlig‘i Sh.Gʻulomov hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi narkologiya xizmati bo‘yicha Samarqand filiali vrach-narkologi G.Djalilova va Samarqand shahar hokimining o'rinbosari R.Toshniyozova mavzu yuzasidan axborot berdi.
Tadbirda “Ta’lim muassasalarida yoshlar orasida psixofaol moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish ishlarini tashkil etish mexanizmlari” nomli qo‘llanma hamda mavzuga doir tarqatma materiallar tarqatilib, giyohvandlikning oldini olish, uning tibbiy, ijtimoiy, huquqiy oqibatlari, giyohvand moddalar iste’mol qilganlik belgilarini aniqlash bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Yangiliklar
17-Fevral, 2025-yil
17-Fevral, 2025-yil
14-Fevral, 2025-yil
14-Fevral, 2025-yil