SAMARQAND SHAHAR HOKIMLIGIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI IJROSIGA BAG‘ISHLANGAN YIG‘ILISH BO‘LIB O‘TDI.
Unda shahar hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari A. Qodirov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand shahridagi xalq qabulxonasi mudiri F.Sheryigitov hamda shahardagi tashkilotlar rahbarlari va mas’ul xodimlar ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda 2025 yildagi yangi reja va vazifalarni belgilab olish hamda fuqarolar murojaatlarining ijrosini ta’minlash muhokama qilindi. Xususan, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning ijrosini nazorat qilish va murojaatlarni hal etishda davlatxizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya qilish masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga,2024 yilda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklardan xulosa chiqarib, yangi yil uchun rejalar belgilab olindi.
Yig‘ilishda murojaatlarning ijrosi va sifati jamiyatda davlat organlariga bo‘lgan ishonch darajasini oshirishda muhim omil ekanligi qayd etildi. Shahar hokimligi mas’uli A.Qodirov murojaatlarning o‘z vaqtida va sifatli hal etilishi uchun mas’ul xodimlarning mas’uliyatini oshirish, jarayonda shaffoflikni ta’minlash va byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Shuningdek,murojaatlarni tahlil qilish hamda har bir murojaatga javob berish jarayonini qonuniylik asosida amalga oshirish vazifalari belgilab berildi. Fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish va ularning huquq hamda manfaatlarini himoya qilishdagi ishlar samaradorligini oshirish uchun yangi mexanizmlar ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.
Yakunda tashkilot rahbarlari va mas’ul xodimlarga murojaatlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi. Bunda aholi bilan muloqotni yanada samarali tashkil etish va murojaatlarga yechim topish jarayonini kuzatib borish muhim ekanligi tushintirildi.
Yangiliklar
17-Yanvar, 2025-yil
17-Yanvar, 2025-yil
16-Yanvar, 2025-yil