Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

SAMARQAND SHAHAR HOKIMLIGI KASABA UYUSHMASIGA YANGI RAIS SAYLANDI

Samarqand shahar hokimligi Kasaba uyushmasiga yangi rais saylandi

Samarqand shahar hokimligi majlislar zalida shahar hokimi o‘rinbosarlari va apparat xodimlari hamda tegishli tashkilot mas’ullari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda tashkiliy masala ko‘rildi. Unga ko‘ra, Samarqand shahar hokimligi Kasaba uyushmasiga Abdujabbor Po‘latov Sultonmahmudovich rais etib bir ovozdan saylandi.

Eslatib o‘tamiz, Abdujabbor Po‘latov Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati rahbari, hokimning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida samarali faoliyat yuritib kelmoqda va endilikda hokimlik Kasaba uyushmasiga ham rahbarlik qiladi.

Shuningdek, yig‘ilishda Samarqand shahar hokimligi xodimlarini ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va Kasaba uyushmasini oldida turgan ustuvor vazifalar kelishib olindi.

 
 
9-Iyun, 2023-yil 18:22 |