Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

SAMARQAND SHAHAR HOKIMI FAZLIDDIN UMAROV SHAHARDAGI KO‘P QAVATLI UY-JOYLARNING ISSIQLIK TARMOG‘IGA ULANISH HOLATI YUZASIDAN MAS’ULLAR BILAN SUHBATLASHDI.

Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov shahardagi ko‘p qavatli uy-joylarning issiqlik tarmog‘iga ulanish holati yuzasidan mas’ullar bilan suhbatlashdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 dekabrdagi “Issiqlik ta’minoti tizimini takomillashtirish va issiqlik ta’minoti korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi tegishli qaroriga asosan, Samarqand shahridagi RK-1 markaziy qozonxonasini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish ishlari boshlangan.

Hozirda ishlar yakuniy bosqichda bo‘lib, uy-joylar ichki tizimini yangilash va qozonxonaga gaz tarmog‘i o‘tkazish davom etmoqda. Ular bilan yaqindan tanishish maqsadida hokim ishtirokida tashkil etilgan bugungi uchrashuvda ko‘p qavatli uy-joylarning qurilgan issiqlik tarmog‘iga ulanish ishlarini tashkillashtirish masalasi muhokama etilib, hozirda 43 ta uy-joylarda ishlar to‘liq yakunlangani aytib o‘tildi.

 
 
26-Fevral, 2024-yil 18:52 |