Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

SAMARQAND SHAHAR HOKIMI FAZLIDDIN UMAROV MOTRID MAHALLASIDA BO‘LIB, HUDUDDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN OBODONLASHTIRISH ISHLARI, AHOLINING TURMUSH SHAROITI BILAN TANISHDI.

Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov Motrid mahallasida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, aholining turmush sharoiti bilan tanishdi.

Shuningdek, mahallada fuqarolar uchun soya-salqin, yashil hudud barpo etib, zamonaviy dam olish maskani tashkil qilish hamda “Obi rahmat” arig‘ini to‘liq obodonlashtirish va "Siyob" kanali hududida zamonaviy futbol va sport maydonlari qurish rejasi belgilab olindi.

– Ariq va kanallar atrofini tozalash, yashil hududlar, dam olish maskanlari hamda sport maydonlari tashkil etish orqali biz aholining kundalik hayotini yengillashtiramiz. Har bir mahallada shunday sharoit va yoshlar uchun jismoniy faollikni rag‘batlantiradigan sport inshootlari bo‘lishi kerak, dedi hokim.

 
 
22-Iyul, 2025-yil 12:56 |