SAMARQAND SHAHAR ELEKTR TA’MINOTI BO‘YICHA HISOBOT E’LON QILINDI
Samarqand shahar elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i N.Safarov shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025–2026-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha batafsil hisobot berdi.
🔌 Asosiy bajarilgan ishlar:
107 ta transformator punkti mukammal ta’mirdan chiqarildi.
226 km elektr tarmoqlari yangilandi.
483,1 km havo tarmoqlari daraxt shoxlaridan tozalandi.
155 ta transformator joriy ta’mirdan o‘tkazildi.
Bir nechta MFYlarda quvvati oshirilgan qo‘shimcha transformatorlar o‘rnatildi (“Tutzor”, “Sharq”, “Gala Osiyo”, “Yoshlik”, “Mo‘liyon”, “Xumo”, “Qavola”, “D.Samarqandiy”, “Imom Vose”).
“Sayqal” hududida 110/35/6 kV yangi nim stansiya ishga tushirildi.
Yangi maktablar va MTTlar uchun 6 ta yangi transformator o‘rnatilmoqda.
⚙️ Elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar:
Avariya holatlariga tezkor javob berish bo‘yicha brigadalar mustahkamlandi.
Noqonuniy ulanishlar va talon-torojlarning oldi olinmoqda.
Tarmoqlardagi texnologik yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi.
“Chilquduq”, “Yangi hayot”, “Vatanparvar” mahallalarida katta hajmdagi rekonstruksiya ishlari bajarildi.
📝 Kengash qaroriga ko‘ra:
Aholining elektr ta’minoti bo‘yicha murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish,
Nosozliklarni erta aniqlash va tezkor bartaraf etish,
Elektr energiyasidan tejamkor foydalanishni targ‘ib qilish,
Tarmoqlardagi noqonuniy ulanishlarga qarshi kurashish vazifalari yuklatildi.
🔍 Qaror ijrosi shahar hokimligi va tegishli komissiyalar nazoratiga olindi.