SAMARQAND SHAHAR BO‘YICHA ICHKI ISHLAR ORGANLARI FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISH BOSHQARMASIDA 2022-YIL YAKUNI YUZASIDAN HISOBOT YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
Samarqand shahar bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasida 2022-yil yakuni yuzasidan hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi
Unda o‘tgan yil davomida Samarqand shahar bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi sohaviy xizmat va 1-9-sonli ichki ishlar bo‘lim shaxsiy tarkibi tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurashish, uni oldini olish, jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida olib borilgan tezkor-profilaktik ishlar hamda 2023 yil 1-choragida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlari yuzasidan viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Sobirjon Abduhamidov huzurida muhokama qilindi.
Muhokama yig‘ilishida 2022 yil davomida ko‘rsatgichlari yuqori bo‘lgan xodimlarni rag‘batlantirish maqsadida viloyat IIBga takliflar kiritildi.