“SAMARQAND NOMI” KO‘RGAZMASI OCHILDI

Samarqand shahridagi Art Station galereyasida “Samarqand nomi” nomli ko‘rgazmaning ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu ko‘rgazma dunyo bo‘ylab to‘plangan kitoblar, badiiy plakatlar, musiqiy kompozisiyalar va boshqa san’at asarlari orqali Samarqandning madaniy va tarixiy qiymatini yoritishga qaratilgan.
Ekspozisiyada 50 ga yaqin eksponat o‘rin olgan bo‘lib, ular orasida:
📖 Qadimiy va zamonaviy kitoblar – Samarqand haqidagi noyob asarlar;
🎨 Badiiy plakatlar – shaharning turli davrlardagi obrazini aks ettiruvchi ijodiy ishlar;
🎶Musiqiy kompozisiyalar – Samarqandning musiqiy merosini yorituvchi asarlar.
Ko‘rgazma Samarqandni nafaqat tarixiy shahar, balki madaniyat va san’at markazi sifatida tasvirlaydi. Ipak yo‘li chorrahasida joylashgan bu shahar sariq qum va ko‘k sopol koshinlar, qadimiy me’moriy obidalar va boy madaniy qirralari bilan mehmonlarni o‘ziga jalb etadi.
Yangiliklar
3-Mart, 2025-yil
1-Mart, 2025-yil