Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

SAMARQAND DELEGATSIYASI ITALIYANING POINT INNOVATSIYA MARKAZIDA

Samarqand delegatsiyasi Italiyaning POINT innovatsiya markazida

 

Ayni kunlarda Italiyaning Milan shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan viloyatimiz delegatsiyasi a’zolari POINT — Polo per l’Innovazione Tecnologica di Bergamo (Dalmine) innovasion rivojlanish markazida bo‘lishdi.

POINT markazi Bergamo shahriga yaqin Dalmine shaharchasida, sanoat hududida joylashgan. U 40 000 kvadrat metrdan ortiq maydonni egallaydi, bunga ofislar, laboratoriyalar, tadqiqot markazlari va universitet infratuzilmalari kiradi. Markaz 1996 yili tashkil etilgan bo‘lib, mintaqaning texnologik rivojiga turtki beruvchi markaz hisoblanadi.

POINT ichida axborot texnologiyalari, kimyo, materialshunoslik, geologiya va boshqa sohalarda faoliyat yurituvchi ko‘plab kompaniyalar va startaplar joylashgan.

U Bergamo Sviluppo (Bergamo Rivojlanish Markazi) tomonidan boshqariladi va INNOVUP hamda IASP kabi milliy va xalqaro tarmoqlarga a’zo hisoblanadi.

POINT biznes va ilmiy tadqiqotlar o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajaradi hamda quyidagi xizmatlarni taqdim etadi:
• Laboratoriyalar va loyihalash vositalari
• Texnologik transfer dasturlari
• Raqamlashtirishni qo‘llab-quvvatlash (PID – Punto Impresa Digitale)
• Patentlash, standartlar va yangi materiallar bo‘yicha maslahatlar (MATECH)
• Biznes inkubator: ofislar, kouching, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish maydonlari

 
 
10-Iyul, 2025-yil 13:14 |