Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

SAMARQANDDA YER SOTISH BILAN BOG‘LIQ KORRUPSION HARAKATLARGA ALOQADOR SHAXSLAR QO‘LGA OLINDI

Samarqandda yer sotish bilan bog‘liq korrupsion harakatlarga aloqador shaxslar qo‘lga olindi

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB bilan hamkorlikda korrupsiyaga qarshi kurash yo‘nalishida, Samarqand shahrida turar-joy binolarini qurish uchun ajratilgan yerning noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi.
Samarqand shahar hokimining 2021 yildagi 93-Q-sonli qarori bilan “Qorasuv” massivida 16 qavatli turar-joy binolarini qurish uchun “Sam Qora-Suv Stroy” MCHJga 1 gektar yer maydoni ajratilgan.
Biroq yer noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanuvchi, Samarqand shahrida yashovchi, 1987 y.t. “Ya.O.”, 1978 y.t. “A.N.” va 1968 y.t. “A.K.”lar o‘zaro jinoiy til biriktirib, ushbu hududda hozirga qadar qurilish ishlari olib borilmagani, 2022 yil dekabr oyida yer maydoni davlat zaxirasiga qaytarilishi lozimligini bilgan holda, mahalliy fuqaroga mazkur yer maydonini 500 ming AQSH dollariga hokimiyat idoralaridagi tanishlari orqali rasmiylashtirib berishni va’da qilib, undan kelishilgan mablag‘ning 250 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtida qo‘lga olindilar.
Hozirda, yuqoridagi shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi rejalashtirilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 
 
7-Aprel, 2022-yil 12:50 |