SAMARQAND SHAHRIDAGI MAXSUS MAKTAB-INTERNAT O‘QUVCHILARI RESPUBLIKA FAN OLIMPIADASIDA G‘OLIB BO‘LISHDI

Joriy yilning 9-10-iyun kunlari Toshkent shahrida Imkoniyati cheklangan maxsus maktab- o‘quvchilari uchun Asosiy olimpiadaning IV (respublika) bosqichi o‘tkazildi.
Ushbu olimpiadada Samarqand shahridagi 59-sonli maxsus maktab- internatining 11-12-sinf o‘quvchilari 1- va 2-o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.
Jumladan, 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida ona tili va adabiyoti fanidan Sherbek Islomov 1-o‘rinni, 12-sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika fanidan 12-sinf o‘quvchisi Murodjon Polvonov 2-o‘rinni, ona tili va adabiyoti fanidan Rayhona Sharafova 2-o‘rinni egallashdi.
Gʻolib o‘quvchilarning kelgusi o‘qish va ishlarida ulkan zafarlar tilaymiz.
Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.
11-Iyun, 2022-yil 17:20 |
Yangiliklar
O‘Zbekiston Respublikasining Doimiy Aholisi Sonii
12-Mart, 2025-yil
Munosabat: Chiqindilar Olindi Va Hudud Obodonlashtirildii
11-Mart, 2025-yil
Ikki Mahallada “Yashil Makon” Loyihasi Doirasida Ko‘Chat Ekildii
9-Mart, 2025-yil