SAMARQAND SHAHRIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI MASLAHATCHISI RAHBARLIGIDA OMMAVIY SAYYOR QABUL O‘TKAZILMOQDA
Davlat rahbarining topshirig‘iga muvofiq, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolar muammolari bilan ishlashni samarali tashkil etish, hududlarda yechimini kutayotgan masalalarni "mahallabay" o‘rgangan holda joyida va tezkor hal etish maqsadida Samarqand viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi rahbarligida vazirliklar, sektorlar, hududiy tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirokida ommaviy sayyor qabullar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ayni paytda dastlabki ommaviy sayyor qabul Samarqand shahar Vatanparvar mahallasidagi "Vatanparvar" bog‘ida Samarqand shahri, Samarqand, Past Darg‘om va Nurobod tumanlari aholisi uchun o‘tkazilmoqda.
Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.
Yangiliklar
21-Noyabr, 2024-yil
20-Noyabr, 2024-yil
20-Noyabr, 2024-yil
20-Noyabr, 2024-yil
19-Noyabr, 2024-yil