SAMARQAND SHAHAR HOKIMI TURK DUNYOSI SHAHARLARI BIRLIGI ITTIFOQINING 6-QURULTOYIDA QATNASHYAPTI
Ayni kunlarda O‘zbekiston delegatsiyasi Turkiya davlatining Bo‘rsa shahrida bo‘lib turibdi.
O‘tkazilayotgan Turk dunyosi shaharlari birligi ittifoqining 6-qurultoyida Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov ham ishtirok etmoqda.
Konferensiya doirasida Konya shahri meri bilan ham rasmiy uchrashuv tashkil etildi. Unda Samarqand va Konya shahri o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirish, turizm sohasiga alohida e’tibor qaratgan holda uni rivojlantirish masalalari ham muhokama etildi.
Uchrashuv doirasida Konya shahri meri rahbarligidagi delegatsiya joriy yilning sentyabr oyida Samarqand shahriga tashrif buyurishi va ikki shahar o‘rtasida birodarlik aloqalarini kuchaytirishga qaratilgan aniq reja asosidagi memorandum imzolanishiga kelishib olindi.
Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.