Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

PENSIYA JAMG‘ARMASI TIZIMIDA KORRUPSIYAGA O‘RIN YO‘Q

Pensiya jamg‘armasi tizimida korrupsiyaga o‘rin yo‘q

📌Ijro etuvchi apparatining topshirig‘iga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi PQ-5177-son “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 27 dekabrdagi 179-sonli buyrug‘iga asosan Pensiya jamg‘armasi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini oshirish, xamda korrupsiyaga holatlarini keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish maqsadida Pensiya jamg‘armasi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i A.Ne’matov tomonidan  Samarqand shahar bo‘limi xodimlari ishtirokida muhokama o‘tkazildi.

📌 Uchrashuvda xodimlarga Pensiya jamg‘armasi tizimida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, korrupsiyaviy harakatlarni o‘z vaqtida aniqlash, uning oqibatlari hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlikning muqarrarligi to‘g‘risida ogoxlantirildi.