SAMARQAND SHAHAR 51-IDUM 11-SINF O‘QUVCHISI RESPUBLIKA FAN OLIMPIADASIDA FAXRLI O‘RIN OLDI
11-sinf o‘quvchilari uchun fan olimpiadasining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Olimpiadaning tarix, geografiya, ona tili, adabiyot, tojik tili va o‘zbek tili fanlaridan respublika bosqichi Samarqand shahrida o‘tkazildi. Unda respublikamizning 14 hududidan 195 nafar 11-sinf o‘quvchisi ishtirok etdi.
Fan olimpiadasining respublika bosqichida Samarqand shahar 51-IDUM o‘quvchisi Dilshod Davronov nemis tili fanidan ikkinchi o‘rinni egalladi.
Kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari, rus tili va adabiyoti, qozoq tili, qoraqalpoq tili va adabiyoti kabi fanlardan respublika fan olimpiadasi 8-11 iyun kunlari Navoiy viloyatida bo‘lib o‘tadi. Maxsus maktablar uchun matematika, ona tili va adabiyot fanlaridan o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadasiga Toshkent shahri mezbonlik qiladi.
Samarqand shahar hokimligi olimpiada ishtirokchilariga muvafaqqiyat tilaydi.
Yangiliklar
5-Dekabr, 2024-yil
3-Dekabr, 2024-yil