RESTORANLAR MALAKALI KADRLAR BILAN TA'MINLANADI

So‘nggi yillarda yurtimizda turizm va servis sohalari jadal rivojlanib bormoqda. Milliy taomlarimiz esa milliy turizm ramziga aylanib bormoqda.
Milliy taomlarimizni tarannum etishda restoranlar o‘z o‘rniga ega hisoblanadi. Shashlik.uz restoranlar tarmog‘i qoshida "Gastro Expert" restoran servis akademiyasi ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Mazkur o‘quv muassasida ofitsiant, oshpaz, qassob hamda shirinliklar mutaxassislarini tayyorlash yo‘nalishlarida 3 oylik o‘quv kurslari tashkil etilgan. SHuningdek, ushbu markazda restoran xodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash kurslari ham mavjud.
O‘quv kurslariga kam ta'minlangan oila farzandlari imtiyozli tarzda o‘qishga qabul qilinadi.
Tadbirda Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov ishtirok etib, mazkur tarmoq ishlariga muvaffaqiyat tiladi.
22-Mart, 2023-yil 19:38 |
Yangiliklar
Navbatdagi "Ma'naviyat Soati" O‘Tkazildii
26-May, 2023-yil
Cho‘Milish Qoidalariga Qat'iy Rioya Qilish Lozim, Aks Holda...i
26-May, 2023-yil
Hokim O‘Quv Yilini Muvaffaqiyatli Yakunlagan Yoshlarni Tabrikladii
25-May, 2023-yil
Singapur Prezidenti Samarqand Shahriga Keldii
25-May, 2023-yil