RESTORANLAR MALAKALI KADRLAR BILAN TA'MINLANADI
So‘nggi yillarda yurtimizda turizm va servis sohalari jadal rivojlanib bormoqda. Milliy taomlarimiz esa milliy turizm ramziga aylanib bormoqda.
Milliy taomlarimizni tarannum etishda restoranlar o‘z o‘rniga ega hisoblanadi. Shashlik.uz restoranlar tarmog‘i qoshida "Gastro Expert" restoran servis akademiyasi ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Mazkur o‘quv muassasida ofitsiant, oshpaz, qassob hamda shirinliklar mutaxassislarini tayyorlash yo‘nalishlarida 3 oylik o‘quv kurslari tashkil etilgan. SHuningdek, ushbu markazda restoran xodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash kurslari ham mavjud.
O‘quv kurslariga kam ta'minlangan oila farzandlari imtiyozli tarzda o‘qishga qabul qilinadi.
Tadbirda Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov ishtirok etib, mazkur tarmoq ishlariga muvaffaqiyat tiladi.
Yangiliklar
21-Noyabr, 2024-yil
20-Noyabr, 2024-yil
20-Noyabr, 2024-yil
20-Noyabr, 2024-yil
19-Noyabr, 2024-yil