QURILISHDA KAMCHILIKKA YO‘L QO‘YILMASLIGI SHART
Samarqand shahar hokimligida mahalla raislari, quruvchilar hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirokida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda shahar hokimi Fazliddin Umarov, viloyat hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi rahbari Akmal Shukurov hamda mahallalar uyushmasi viloyat boshqarmasi vakillari ishtirok etib, qurilish sohasidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Hisobotlarga ko‘ra, shahardagi 538 ta qurilish ob’yektida 4213 marotaba monitoring ishlari olib borilgan.
🔹 Shu davrda jami 1127 ta yozma ko‘rsatma berilgan, 36 ta ob’yektda kamchiliklar sababli ishlar to‘xtatilgan.
🔹 Sifatsiz qurilish sababli 80 ta holatda ishlar buzdirilib, joyida bartaraf etilgan.
🔹 Shuningdek, mas’uliyatsizlik uchun 29 nafar ishtirokchiga va sifatsiz mahsulot yetkazib bergan 10 ta ishlab chiqaruvchiga nisbatan chora ko‘rilgan.
🔹 Ijrosi ta’minlanmagan holatlar yuzasidan esa 874,8 mln so‘mlik jarima qo‘llanilgan.
Shuningdek, seminarda chiqindi bilan bog‘liq masalalar ko‘tarilib, aholi tomonidan chiqindi uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshtish kerakligiga to‘xtalindi.
Tadbirda qurilish jarayonlarida sifatni ta’minlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va qonunbuzilish holatlarini o‘z vaqtida bartaraf etish zarurligi ta’kidlandi.
Yangiliklar
10-Sentabr, 2025-yil
10-Sentabr, 2025-yil
10-Sentabr, 2025-yil
9-Sentabr, 2025-yil