QURILISH CHIQINDISINI BELGILANMAGAN JOYGA TASHLAGAN FUQAROGA 1 020 000 SO‘M JARIMA QO‘LLANILDI

Ijtimoiy tarmoqlar orqali xonadonidan chiqqan qurilish chiqindisini belgilanmagan joyga tashlagan fuqaroning xatti-harakatlari aks etgan videoni e’lon qilgandik. Ushbu fuqaro tez orada topildi va unga nisbatan tegishli tashkilotlar tomonidan o‘rnatilgan tartibda jarima qo‘llanildi.
Shu o‘rinda, hamshaharlarimiz va shahrimiz mehmonlaridan shahar go‘zalligiga befarq bo‘lmagan holda xonadonlaridan chiqayotgan chiqindilarni belgilangan joyga tashlashlarini so‘rab qolamiz.
Eslatib o‘tamiz, qurilish chiqindisini belgilanmagan joyga tashlash 2 380 000 so‘m va maishiy chiqindini har joyga tashlab ketish 1 020 000 so‘m miqdorida jarima to‘lanishiga sabab bo‘ladi.
16-Yanvar, 2024-yil 10:11 |
Yangiliklar
Samarqand Temir Yo’L Vokzali Hududidan Joylar Ijaraga Beriladii
8-Avgust, 2025-yil
Sifatsiz Bajarilgan Ish Joyida Buzdirildii
7-Avgust, 2025-yil
Samarqand Viloyati Hokimligining Telegram Kanaliga A'Zo Bo'ling!i
7-Avgust, 2025-yil