QOZOG‘ISTONNING TURKISTON SHAHRI BILAN HAMKORLIK ALOQALARI RIVOJLANMOQDA

Samarqand shahar hokimligida Qozog‘istonning Turkiston shahar hokimligi rahbariyatidan iborat delegatsiya bilan shahar hokimi Fazliddin Umarov uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda yuqorida imzolangan bitim asosida hamkorlikda amalga oshirilayotgan amaliy ishlar muhokama etildi.
Shuningdek, mazkur bitim asosida Turkiston hunarmandlari Samarqandning ko‘p asrlik tarixga ega hunarmandchilik durdonalarini o‘rganish uchun tashriflari kelishib olindi.
Aytish o‘rinliki, 2022-yilning 20-21-dekabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan Qozog‘iston va O‘zbekiston biznes-forumi doirasida Samarqand shahri hamda Turkiston shahri o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bitimi imzolangandi va bu haqda xabar bergan edik.
7-Fevral, 2023-yil 16:45 |
Yangiliklar
Yana Bir Noqonuniy Qurilish Buzildii
27-Mart, 2025-yil
Jinoyatchilikka Qarshi Kurashish Bo‘Yicha Ishlar Davom Etyaptii
26-Mart, 2025-yil